Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 6-iyun kuni institutning “Tillar” kafedrasi assistenti Abduvoitov Ravshanbek Alijonovichning navbatdagi ilmiy-nazariy seminari tashkil etildi      

    “Improving speaking skill in CEFR exams” mavzusida tashkil etilgan seminarda kafedra mudiri N.Mirzayeva, katta o’qituvchilar Sh.Xurilboyev, N.Irgasheva, assistentlar U.Nizomova, I.Nishonov, S.Erkaboyeva, E.Muratovalar ishtirok etdilar.

     Seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad  CEFR imtihoni topshirish jarayonida talabalarga va professor-o’qituvchilrag speaking (gapirish) ko’nikmasidan imtihon topshirayotganda nimalarga e’tibor berish kerakligi, qanday usul va taktika tanlash, ijobiy natijaga qanday qilib erishish bo’yicha maslahat va tavsiyalar berildi. 

     Seminar davomida professor-o’qituvchilar mavzu yuzasidan o’zlari qiziqqan savollarga yetarlicha javoblar olishdi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi