Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida, Andijon mashinasozlik institutiga Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk Davlat texnika universiteti, Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Nekrasov Vadim Vladimirovichning tashrif buyurdi hamda tashrif davomida ikkila oliygoh vakillari o’rtasida muzokaralar olib borildi.

     Muzokaralar davomida ikki OTM o’rtasida hamkorlik qilish to’g’risida memorandum va kelishuvlar imzolanganligi va kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida yangi kelishuvlarni amalga oshirish rejalashtirilayotganligi ta’kidlandi.

     Hamkorlikning mantiqiy davomi sifatida Novosibirsk Davlat texnika universiteti va Andijon mashinasozlik instituti o’rtasida “Xizmatlar sohasi (avtomobil transporti)” bakalavr yo’nalishida (2+2 qo’shma dasturi asosida), “Zamonaviy mashinasozlik texnologiyasi” magistratura mutaxassisligi bo’yicha (1+1 qo’shma dasturi asosida) hamda O’zbekistonda birinchi bo’lishi kutilayotgan “Additiv texnologiyalar” magistratura mutaxassisligi bo’yicha (1+1 qo’shma dasturi asosida) qo’shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish bo’yicha kelishuvlar imzolandi. Bundan tashqari tor doiradagi mutaxassislar tayyorlash uchun mo’ljallangan “Materialshunoslik (plastik materiallar)” yo’nalishi bo’yicha bir yillik qo’shma sertifikat dasturini amalga oshirish bo’yicha ham rasmiy hujjatlar imzolandi.

     Ushbu imzolangan qo’shma dasturlar 2019/2020 o’quv yilidan amalga oshirish ko’zda tutilgan.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi