Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 3-iyun kuni institutning faollar zalida Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori Uktam Rahimovich Salomov hamda institut professor-o’qituvchilari va talabalari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uktam Rahimovich Salomov 2016-yilning avgust oyidan boshlab Andijon mashinasozlik institut rektori lavozimiga tayinlangan. Uktam Rahimovich Salomov  ikki yil-u to’qqiz oy davom etgan faoliyati paytida institutning moddiy texnik bazasini kuchaytirildi, xalqaro oliy o’quv yurtlari bilan institut o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini o’rnatildi. Xususan Janubiy Koreyaning Tegu universiteti va Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti bilan hamkorlikda Innovatsion ta’lim texnologiyalari fakulteti ochildi. Qolaversa yangi o’quv yilidan boshlab Andijon mashinasozlik instituti qoshida Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti hamkorligida tashkil etilishi rejalashtirilgan, “Zamonaviy muhandislik fakulteti” “mexatronika va robototexnika” “Sun’iy intellekt” yo’nalishlarini yo’lga qo’yishda muzokaralar olib borish ishlarida tashabbus ko’rsatgan.

     Tashkil etilgan uchrashuv avvalida Uktam Rahimovich Salomov Vazirlar Mahkamasining qarori bilan rasman Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori etib tayinlanganligini e’lon qildi hamda Andijon mashinasozlik instituti rektori vazifasini vaqtincha bajarish vazifasi institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori Akmaljon Adhamovich Ermatovga yuklanganligini ma’lum qildi.

  Uktam Rahimovich Salomov shu kungacha institutda amalga oshirilgan islohotlarda yelkama-yelka turib mehnat qilgan barcha professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlarga o’z minnatdorchiligini bildirdi. Erishilgan yutuqlarda barchani  birdek hissasi borligini alohida ta’kidlab, ushbu yuqori darajani bundan keyin ham yangi rahbar qo’l ostida mana shunday baland nuqtalarda ushlab turish va yuksaltirib borishda barchaga kuch-quvvat tiladi.

    Uchrashuv davomida institutning faxriy ustozlari U.R.Salomovga yangi boshlanishi arafasida turgan faoliyatida omad va zafarlar tilab, o’zlarining duoyi fotihalari bilan birgalikda iliq fikrlarini bildirib o’tdilar. Kelgusida esa Andijon mashinasozlik instituti hamda Turin politexnika universiteti o’rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi