Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      Iyun oyining birinchi haftasida Xalqaro press-klub ijodkorlari tomonidan oliy ta’lim sohasidagi muammolarni yoritish va tezkor yechimlar izlash maqsadida vodiy bo’ylab uchrashuvlar tashkil etildi. 2019-yilning 4-iyun kuni Andijondagi Oliy ta’lim muassasalari rektorlari va talabalari ishtirokida “O’zbekiston oliy ta’lim tizimi: islohotlarning yangi bosqichi, muammolarning chuqur tahlili va maqbul yechimlar” mavzusidagi sessiyasi efirga uzatildi.

     Unda bugungi kunda mehnat bozori talabiga to’la-to’kis javob bera oladigan kadrlar tayyorlashda oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud imkoniyatlar va kamchiliklar, ularning yechimlari haqida talabalar va oliygohning professor-o’qituvchi va rahbarlarining fikrlari tinglandi. Qariyb 3 soat davom etgan sessiya O’zbekiston-24 teleradiokanali orqali jonli ravishda efirga uzatildi.

     Sessiya davomida O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga rector, bir vaqtningo’zida Xalqaro press klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev hamda Xalqaro press-klub bosh prodyuseri G’ulomjon Samadovlar tomonidan sessiya ishtirokchilarining fikr va mulohazalari tinglandi va oliygohdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo’yicha qanday ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilganligi yoki amalga oshirilayotganligi yuzasidan institute rektorlariga bir qator savollar bilan murojaat qilindi.

        Xalqaro press-klubning boshqa viloyatlarga nisbatan Andijondagi sessiyasida ko’proq talabalarning muammolari auditoriyada jaranglab o’tgani va bu albatta kelajak avlod o’zlarining muammolariga befarq emasligidan dalolat berishini aytib o’tgan jurnalist Sherzod Qudratxo‘jayev bugungi sessiya va undagi mavzu yuzasidan bildirilgan fikrlardan qoniqish xosil qilganligini ta’kidlab o’tdi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi