Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutga 2019-2020 o’quv yili qabulidan boshlab O’zbekistonda xorijlik  fuqarolarni to’lov kontrakt asosida ta’lim olishga keng jalb etish maqsadida “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi F.U. Arabbaeva va assistent   N. Xakimovlar 2019 yil 20 maydan 22 may kunlari Qirg’iziston Respublikasining Osh viloyatidagi Osh shahri, Qora-suv tumani va O’zgen tumandagi xalq ta’lim muassasalariga hamda maktablarga tashrif buyurdilar

Tashrif davomida kasbga yo’naltirish bo’yicha o’qituvchi va maktab o’quvchilar bilan suhbatlar o’tkazildi hamda institutdagi mavjud yo’nalishlar bo’yicha   2019-2020 o’quv yiliga   o’quvchilarni  to’lov kontrakt  asosida    ta’lim olish uchun o’qishga kirish bo’yicha targ’ibot tashviqot ishlar  olib bordilar.