Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      Andijon viloyatida oilalarni, uning qonuniy asoslarini mustahkamlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlar yuzasidan 2019-yil 7-fevral kuni Xalq deputatlari viloyat kengashining 42-(2019 yil 07.02.№163) hamda 29-aprel kungi (2019yil 29.04.172/46-5) navbatdan tashqari sessiyalarida qo’yilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan “ Oila saboqlari” nomli seminar trening va “ Oila tinchligi jamiyatning tinchligidir” nomli davra suhbatlari Andijon mashinasozlik instituti katta anjumanlar zalida 2019-yil 28-may kuni kunning birinchi yarmi davomida o’tkazildi. Anjumanga Andijon shahar “ Oila ilmiy – amaliy tadqiqot markazi ” rahbari Xabibaxon Jurabekova, Andijon shahar FHDYo bo’limi mudiri Inobatxon Djalilova, Andijon shahar Fuqarolik sudi sudyasi Shoxruhbek Yusupov va Xoliqberdiboy masjidi imom xatibi Ulug’bek Nazirovlar qatnashdilar.

     Tadbirda institut ma’naviyat bo’limi boshlig’i M.Xoliqova, institut psixologi O.Po’latova, 1-TTJ tarbiyachisi D.Raxmonova, 10 dan ziyod professor-o’qituvchilar va turmush yoshidagi 170 nafar talaba yoshlar ishtirok etdilar.

     Yig’ilishni institut BXQQ raisi R.K.Yusupova olib bordi. U o’z so’zini Muhtaram yurtboshimizning quyidagi so’zlari bilan boshladi. “…Har qanday millatning, ota-ona bo’lish baxti nasib etgan har qanday insonning eng mo’tabar orzusi, astoydil intilgan asosiy maqsadi – sog’lom, barkamol avlodni tarbiyalash, har tomonlama komil insonni voyaga yetkazishdan iborat bo’lib kelgan”. Yurtboshimiz yana o’z so’zlarida niyat amaldan ustun ekanligini ham ta’kidlaganliklariga alohida urg’u berib o’tdi.

      So’zga chiqqanlar Oila muqaddas ekanligi haqida so’z yuritar ekanlar, har qanday jamiyatda oila birinchi ijtimoiy negiz hisoblanishi haqida, binobarin, jamiyatdagi barcha munosabatlar, qadriyatlar va an’analar muayyan darajada oilaga borib taqalishi haqida va oila yangi insonni voyaga yetkazadigan muqaddas qo’rg’on bo’lgani uchun jamiyatdagi ma’naviy –mafkuraviy muhitning sog’lomligida muhim o’rin tutishi haqida so’z yuritdilar. Erkin demokratik jamiyat qurish yo’lidan borayotgan O’zbekistonda ayolning oila, jamiyat va davlat qurilishidagi nufuzi, barcha sohadagi haq-huquqlari qonunimiz orqali kafolatlanishi, asosiy qonunimiz Konstitutsiyada ham xotin-qizlar barcha sohada teng va erkin ekanligi e’tirof etildi. So’zga chiqqanlar hukumatimiz tomonidan qaralayotgan farmoyish va qarorlarda ayol, oila, farzand manfaati hamisha ustuvor ekanligi va shu bilan birga jismonan baquvvat, ruhan sog’lom, ma’nan barkamol burch va huquqlarini yaxshi bilgan ayollar, to’g’rirog’i onalar kelajagi buyuk davlatning asosiy poydevori ekanligi haqida so’zladilar.

       Ulug’bek Nazirov o’z so’zlarida Islom dini inson manfaatlarini himoya qilar ekan, jamiyatning har bir a’zosiga burch  va vazifani yuklashi, ota-ona, er-xotin va bolalar burch va vazifalari shu bilan bir qatorda bolalar huquqi islom dinida alohida ahamiyatga ega ekanligini aytib o’tdi. Bo’lg’usi ota-onalarga bolalarni tarbiya qilishda avvalo o’zlari muhim ma’naviy-ma’rifiy bilimga ega hamda ularga namuna bo’lishi kerakligini ta’kidladi. Oilaning tinch, farzandlarning baxtli bo’lishida er-xotinning har ikkisi ham oiladagi o’z burchlarini astoydil ado etishga intilishi darkor ekanligiga chaqirdi.

       Tadbir yakunida mustaqil oila qurish ostonasiga qadam qo’ymoqchi bo’lib turgan yosh avlodga oila saboqlaridan qimmatli maslahatlarini berish uchun tashrif buyurgan aziz mehmonlarga institut rektori Salomov O’ktam Rahimovichning tashakkurnomasi topshirildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi