Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 27-may kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi hamda Transport va logistika fakultetlarida an’anaviy ertalabki saf tortish yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi.

     Yig’ilishda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori B.Mamadjanov,  Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Ermatov, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, fakultet dekanlari M.Eshonov, T.Turg’unov, Sh.Daliyev, dekan o’rinbosarlari, faxriy ustozlar, kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

     Yig’ilishda yangi o’quv haftasi boshlanganligi munosabati bilan barcha talabalarga o’qishlarida muvafaqqiyatlar tilab, yangi o’quv haftasi davomida ustoz va murabbiylar tomonidan talabalarning oldilariga qo’yilgan vazifalarni sidqi dildan ado etishlari, fanlarni a’lo darajada o’zlashtirishlarini, ularni o’quv mashg’ulotlariga muntazam ravishda qatnashishlari, ilmiy va innovatsion loyihalarda faol bo’lishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o’zlarini iqtidor va iste’dodlarini namoyon etishlari uchun institutda barcha sharoit va imkoniyatlar yetarli ekanligi uqtirib o’tildi va bu imkoniyatlardan to’laqonli foydalanish kerak ekanligi tushuntirildi.

     Qolaversa o’tgan hafta davomida Respublika hamda xalqaro miqyosda o’tkazilgan fan olimpiadalari va ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib, munosib natijalarga erishgan talabalar institut rektori nomidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

  

   

 

 

Otabek Odilov

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi