Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 24-may kuni mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi D.Ergashevning “Mebel furnituralari uchun sovuq xolda shtamplash usulida olingan shtamp detallarini puxtalash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy seminari tashkil etildi.

      Kun tartibidagi ilmiy seminarni ochib berish uchun so’zga chiqqan Andijon Mashinasozlik Instituti “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi mudiri X. Akbarov bugungi seminar ishtirokchilariga va ma’ruzachi omad tilab, seminarni ochiq deb e’lon qildi. 

   

     Ma’ruzachi, katta o’qituvchi D. Ergashev ilmiy seminarni tashkil qilinganligiga raxbariyatga va kafedra mudiriga minnatdorchilik bildirib, jarayondagi erishilgan yutuqlar yanada mustahkamlanib kelinayotganligi, hamda boshlagan ilmiy ishida ham sohaga yanada ko’proq e’tibor qaritayotganligi haqida aytib o’tdi.

 

 

     Seminar davomida ma’ruzachi D. Ergashev Respublikamizda mashinasozlik soxalarini rivojlanishi Mashinasozlik institutining rivojlanishdagi istiqbollari Davlat e’tiborida ekanligi va bu juda katta ahamiyatga egaligi, mana shu e’tibor, mas’uliyatni mavjud jamoaning salohiyatiga, jipsligiga tayangan holda munosib oqlash zarurligi haqidagi qarashlarini hamda ta’lim muassasasining yaqin va uzoq kelajakdagi faoliyatining dolzarb masalalari to’g’risidagi fikrlarini bayon etdi.

     Qolaversa D.Ergashev “Korxonalarda asboblar bilan bog’liq bo’lgan harajatlar mahsulot tannarxining 20 – 35 % gachasini tashkil etishi, o’z navbatida sovuq holda cho’ktirish asbobining  og’ir yuklangan sharoitlarda ishga layoqatligini oshirish (deformatsiyalanadigan material sifatida yuqori uglerodli va legirlangan po’latlarni ishlatilishi, yuklanish kompleksini intensifikatsiyalash va boshqalar  hisobiga) muammosi yanada ko’proq ahamiyat kasb etib kelmoqda va asbobsozlik po’latlar sarfini  kamaytirish, asosiy jihozlarning ish unumdorligini oshirish va asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash nuqtai nazaridan dolzarb masala hisoblanishini ta’kidlab o’tdi.

     Ma’ruzachi, ilmiy seminar mavzusining ijobiy kutilayotgan natijalariga to’xtalib o’tdi va erishilgan yutuqlarni ilmiy seminar qatnashchilariga yoritib berdi, hamda ishtirokchilar faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, so’zini yakunladi.

     Ma’ruzachiga ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to’liq va mazmunli javoblar olindi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi