Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 26 oktyabrdagi 8-2015 – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va O’zbekiston respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 6 noyabrda 1963-1 son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to’g’risida”gi nizom hamda Vazirlikning  2019 yil   20 apreldagi 365-sonli buyrug’iga asosan ishlab chiqilgan institut rektorining 2018 yil 17 apreldagi 86-sonli buyrug’iga asosan institutning bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha “O’zbekiston tarixi” fanidan  2019 yil 13-18 may kunlari, “Xorijiy (ingliz tili)” fanidan 2019 yil 20-25 may kunlari yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari bo’lib o’tdi. Institut bo’yicha  o’tgan mazkur sinovlar yozma tarzda o’tkazilib,  978 nafar talaba ishtirok etdi.

SHu kunlari “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti, “Avtomobilsozlik” fakulteti, “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti hamda “Transport va logistika” fakulteti talabalari to’rt yil davomida egallagan bilimlarini sinovdan o’tkazdilar.

Attestatsiya sinovlarini “O’zbekiston tarixi” fanidan – Andijon davlat universiteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti,  t.f.d. B. Rasulov, “Xorijiy (ingliz tili)” fanidan–Andijon davlat universiteti “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi katta o’qituvchisi, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) D. Rustamovalar raisligidagi YAkuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi olib bordi. YAkuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini tashkil etish uchun institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.M.Ermatov, O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.I.Jo’raxonov, fakultet dekanlari, bitirtiruvchi kafedralar hamda “Gumanitar fanlar” va “Tillar” kafedralari professor-o’qituvchilari yordam berdilar.