Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Mamlakatimizda yuqori aniqlikdagi diagnostika va davolash vositalarini sog’liqni saqlash muassasalariga joriy etish orqali tibbiyot muassasalarini modernizatsiya qilish Shu bilan birga, yuqori malakali tibbiy va texnik mutaxassislarni tayyorlash, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini oshirish va tibbiy tekshiruv natijalarini aniqligi tahminlash mamlakatimizda olib borilayotgan muhim islohatlaridan biridir. Ayni paytda mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalari tibbiy-texnik mutaxassislar (tibbiyot muhandisi) yetishmovchiligi ko’zga tashlanmoqda. Agar diagnostika tekshiruvlarining 80% dan ko’prog’i tibbiy asbob-uskunalar yordamida amalga oshirilayotganini hisobga oladigan bo’lsak, mamlakatda ushbu mutaxassislik bo’yicha o’qitish masalasi o’ta dolzarb bo’lib qolmoqda.

     Aynan Shu muammoning amaliy yechimi misolida, Andijon Mashinasozlik instituti va Janubiy Koreyaning Degu Univestiteti hamkorligida “Tibbiyot muxandisligi” yo’nalishida qo’shma magistrlik dasturi 2018-2019 o’quv yilidan amaliyotga joriy etildi. Dastur magistrantlari bir yil davomida Andijon mashinasozlik institutida va keyingi bir yil Janubiy Koreyaning Degu universitetida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu yo’nalishga qabul asosan texnika va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida bakalavr darajasiga ega bo’lganlar oliy ma’lumotli fuqarolar o’rtasida amalga oshiriladi. «Tibbiyot muhandisligi» qo’shma dasturiga tibbiyot oliy ta’lim muassasasini tamomlaganlarni ta’limning birinchi yili texnika fanlarini Andijon mashinasozlik institutida o’qitilsa, texnik soxaning bitiruvchilari esa Andijon davlat tibbiyot institutida tibbiyot fanlar o’qitiladi.

     «Tibbiyot muxandisligi» qo’shma magistrlik dasturini amalga oshirish va moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash maqsadida, Jahon banki va O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan akademik innovatsiyalar fondi tomonidan e’lon qilingan grant tanloviga  Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik instituti, Portugaliyaning Setubal politexnika instituti va Rossiyaning Sank-Pitergburg politexnika universiteti bilan birgalikda topshirilgan «O’zbekistonda tibbiyot muxandisligi soxasida qo’shma magistrlik dasturi» nomli 70000 dollarlik loyixasi moliyalashtirishga tavsiya etildi.

     Xorijiy hamkorliklarni mustahkamlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti Portugaliyaning Setubal politexnika instituti hamkorligi Yevropa Ittifoqining Erasmus+ kredit mobility dasturi doirasida talabalar va professor o’qituvchilar almashinish dasturida muvafaqqiyatli qatnashib g’olib deb topilgan edi.  Joriy yilning 21-may kuni Yevropa Ittifoqining Erasmus+ kredit mobility dasturi doirasida Portugaliyaning Setubal politexnika instituti professorlari Célio Pina va Ricardo Baptistalar Andijon davlat tibbiyot instituti va Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdilar.

 

 

     Tashrif davomida mexmonlar institutlarning xalqaro hamkorlik bo’limlari faoliyati, ta’lim jarayonlari, o’quv laboratoriya xonalari va Andijon davlat tibbiyot institutining simulatsion o’quv markazi bilan tanishdilar. Tashrifning asosiy qismida, Ricardo Baptistalar va Professor Célio Pina  tomonidan uch kunlik xalqaro o’quv kursi tashkil ko’zda tutilgan edi. Shu maqsadda,  Professor Ricardo Baptista  Andijon mashinasozlik institutida “Tibbiy asbob – uskunalarni loyixalash va dasturlar ishlab chiqish” mavzusida, Professor Célio Pina esa Andijon davlat tibbiyot institutida «Tibbiyot sohasida tribologiya» mavzusida xalqaro o’quv kursi tashkil etishdi.

 

     O’quv kurslariga Andijon mashinasozlik instituti va Andijon davlat tibbiyot institutining professor o’qituvchilari, magistrlar va talabalar faol ishtirok etishdi. Xalqaro o’quv kursi davomida talabalar va professor o’qituvchilar mavzu yuzasidan o’zlarining qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

     Xalqaro o’quv kursi 23-may sanasigacha davom etdi va 24-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida «Tibbiyot muhandisligi sohasining bugungi xolari va kelajakdagi istiqbollari» mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.

 

     Seminarni Andijon Davlat Tibbiyot Instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori G’.Xodjimatov ochib o’quv kursining ahamiyati, tibbiyot muhandisligi sohasining bugungi kundagi o’rni va kelgusidagi rivoji haqida so’zlab, portugaliyalik professorlarga o’zining chuqur minnatdorchiligini bildirdi. Navbatda so’z olgan Andijon mashinasozlik institutining o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov yesa, o’quv kursini muvaffaqiyatli yakunlangani bilan barchani qutlab, talabalar va soha mutaxasislarining olgan bilim va ko’nikmalari kelgusi faoliyatida qo’l kelishi xususida o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.

     Seminar davomida professor Célio Gabriel Figueiredo Pina “Tibbiyotda tribologiyaning ahamiyati” mavzusida, professor Rikardo Migel Domes Simoes Baptista yesa “Tibbiy uskunalarning zamonaviyligi va barqarorligi” mavzusida taqdimotlarini namoyish yetdi.

     Shuningdek, seminar yakunida portugalik professorlar Celio Pina hamda Rikardo Baptistalarga Andijon mashinasozlik instituti va Andijon Davlat Tibbiyot Instituti ma’muriyati va barcha tinglovchilar nomidan chuqur minnatdorchilik bildirildi va professorlarga esdalik sovg’alari topshirildi.

     Seminar nihoyasida xalqaro o’quv kursiga faol qatnashgan professor-o’qituvchilar, magistrlar, talabalar va Farg’ona vodiysi miqyosida tibbiyot diagnostika markazlari mutaxassislariga xalqaro sertifikatlar topshirildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi