Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 21-may kuni institutning “Tillar” kafedrasi assistenti Xusanova Mashxura Qahramanovnaning navbatdagi metodik seminari tashkil etildi      

    “Teaching methods of foreign language in machinebuilding institute” “Mashinasozlik institutida xorijiy tilni o’qitish medotlari” mavzusida tashkil etilgan seminarda kafedra mudiri N.Mirzayeva , katta o’qituvchilar Sh.Xurilboyev, N.Irgasheva, assistentlar U.Nizomova, R.Abduvoitov, E.Muratovalar ishtirok etdilar.

     Seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad nofilologik yo’nalish talabalarini o’qitishda nimalarga ahamiyat berilishi kerak ekanligi tushuntirish hamda turli hil metodik usullar bilan dars jarayonini tashkil etish orqali talabalari ushbu fanga keng qamrab olish bo’yicha tushunchalar berishdan iborat bo’ldi. 

     Tashkil etilgan ilmiy seminar davomida M.Xusanova tomonidan ingliz tilini o’qitishda ahamiyat berish lozim bo’lgan muammolar, metodlar, natijasi yaqqol aks etadigan texnologiyalar,  didaktik o’yinlar va psixologik yondoshuvlar haqida ma’lumotlar berildi. Mavzu yuzasidan olib borilgan izlanishlar va eksperementlar natijalarini seminar ishtirokchilari e’tiboriga havola etdi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi