Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Ushbu uchrashuv institutning katta majlislar zalida 21.05.2019 yil soat 13-00da boshlandi. Yig’ilishni institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.M.Ermatov kirish so’zi bilan ochib berdi va u yig’ilish qatnashchilarini “Artel” kompaniyasi Xodimlar bilan ishlash bo’limi mutaxassisi Marina Saribekyan bilan tanishtirdi.

SHundan so’ng “Artel” kompaniyasi Xodimlar bilan ishlash bo’lim mutaxassisi Marina Saribekyan 2018/2019 o’quv yili bitiruvchilariga bitirganlaridan so’ng ishga joylashish yuzasidan tegishli axborot hamda tavsiyalarni berdi. Jumladan nomzodlarning umumkasbiy va kasbiy (professional) bilimlarini baholashda bitiruvchilar o’z yo’nalishlari bo’yicha to’rt yil olgan bilimlarini va mahoratlarini test sinovlari orqali ko’rsatish kerakligini aytib o’tdi.

M.Saribekyan ixtisoslik bo’yicha bitiruvchilarga yetuk mutaxassis bo’lib ishga joylashish imkonlari hamda yoshlarning ma’naviy jihatdan barkamol bo’lib yetishishlarining ahamiyati haqida batafsil nutq so’zladi.

Uchrashuv so’ngida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar, tegishlicha  javoblarni oldilar hamda ishga kirish uchun  “Artel” kompaniyasi olib kelgan test topshiriqlarini yechdilar.