Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Joriy yilning 15-17 may kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-2909-sonli qarorining 2,4-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan, xorijlik professor –o’qituvchilarni dars jarayoniga jalb qilish bo’yicha Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk davlat universiteti professori f.m.f.d., Karchevskiy Andrey Leonidovich   Andijon mashinasozlik institutimizga tashrif buyurdi.

15 may kuni 1-2 juftliklarda  Avtomatika va elektrotexnika fakulteti “TJCHIAB” yo’nalishi, “Innovatsion ta’lim” yo’nalishi va barcha hohlovchi talabalar, bakalavriat va magistrantlarga ”Resheniye nekotorыx obratnыx zadach geofiziki optimizatsionnыm metodom” (Geofizika ayrim teskari masalalarini optimallashtirish usullari bilan yechish) mavzusida umumiy ma’ruza o’tkazdi.  Ma’ruzadan keyin professor A.Karchevskiy qisqacha xozirgi kunda o’zi olib borayotgan ilmiy izlanishlar, Rossiya Federatsiyasida fan va ta’lim sohasida olib  borilayotgan islohatlar xaqida ma’lumotlar berdi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Tushlikdan so’ng professor A.Karchevskiy kafedramiz professor-o’qituvchilari bilan ilmiy izlanishlar bo’yicha fikr almashdi. Kafedramiz yosh o’qituvchilari professor A.Karchevskiyning ilmiy izlanishlari bilan qiziqishib va u bilan hamkorlik qilish istagini bildirdilar.

 16 may kuni 1-juftlikda  “Innovatsion ta’lim” yo’nalishi va Transport va logistika  fakulteti “EUTT” yo’nalishi va barcha hohlovchi talabalar, bakalavriat va magistrantlarga ”CHislennыe metodы resheniya prakticheskix obratnыx zadach” (Amaliy masalalarni yechishning sonli usullari) mavzusida umumiy ma’ruza o’tkazdi. 

Ma’ruzadan keyin professor A. Karchevskiy kafedramiz a’zolari bilan birga institut qoshidagi akademik litseyga bordilar. U yerda ular litsey o’qituvchilari va talabalari bilan uchrashuv o’tkazishdi. Uchrashuvda ko’proq Rossiya Federatsiyasida ta’lim olish masalasida o’quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi. Institutimiz akademik litseyi va Novosibirsk Davlat Universiteti qoshidagi akademik litsey bilan hamkorlik o’rnatish bo’yicha kelishib olindi.

17 may kuni 1-2 juftliklarda   Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti “MTMICHJA” yo’nalishi va barcha hohlovchi talabalar, bakalavriat va magistrantlarga ”Resheniye nekotorыx obratnыx zadach geofiziki optimizatsionnыm metodom” (Geofizika ayrim teskari masalalarini optimallashtirish usullari bilan yechish) mavzusida umumiy ma’ruza o’tkazdi.

Ma’ruzadan keyin professor A. Karchevskiy qisqacha hozirgi kunda o’zi olib borayotgan ilmiy izlanishlar, Rossiya Federatsiyasida fan va ta’lim soxasida olib  borilayotgan isloxatlar xaqida ma’lumotlar berdi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Tushlikdan so’ng professor A. Karchevskiy kafedra yosh o’qituvchilari bilan ilmiy izlanishlar bo’yicha hamkorlikni rejalarini ko’rib chiqishdi. Bunga ko’ra kafedra katta o’qituvchilari SH. Axmedov va M. Dadaboyevalar professor A.Karchevskiy raxbarligida ilmiy izlanishlarni olib borishni yo’lga qo’yishga kelishib oldilar.

                “Oliy matematika” kafedrasi mudiri Z.Qodirov