2019-yilning 22-may kuni “Fizika va kimyo” kafedrasining assistentlari Ziyayev Baxtiyor Alijonovich hamda Rustamova Gulshoda Olimjanovnaning metodik seminarlari tashkil etildi. O’tkazilgan seminarda kafedra mudiri G. Umarova, dotsent M. Xalilov, A. Qodirov, kafedra katta o’qituvchilari O.Mirkomilov, F.Sultonova, B.Batirov, S.Aliyev, assistentlar B. Ziyayev, J.Xolmirzayev hamda hodimlar ishtirok etdilar.
B.Ziyayev “Metallar korroziyasi” mavzusidagi seminari boshida ushbu mavzuning xalq xo’jaligida ishlatiladigan metall buyum va jihozlarni korroziyadan saqlash yoki himoya qilish dolzarb masalalardan biri ekanligi aytib o’tildi. Seminar mavzusining mohiyati quyidagilardan iborat: metall va metall qotishmalarini korroziyaga uchrash sabablarini o’rganish, ularni korroziyadan himoyalash usullari. Slaydlar yordamida mavzuning mohiyati yoritib berildi.
G.Rustamova “Galvanik elementlar” mavzusida metodik seminari avvalida ushbu mavzuning texnika yo’nalishida ta’lim oluvchi talabalar uchun ahamiyatli va zarur ekanligi aytib o’tildi. Seminar mavzusining mohiyati quyidagilardan iborat: metallarning standart elektrod potensiallarini hosil bo’lishi va gal’vanik elementlarning kashf etilish tarixi, elektr yurituvchi kuchni hisoblash, NERNST tenglamasi haqida tushunchalar. Zamonaviy texnologiyalar asosida galvanik elementlarning yaratilish tarixi va turlari, akkumulyatorlarning ishlash mexanizmi va turlari, texnika va xalq xo’jaligida qo’llanilishi haqida tushunchalar berildi.
Odilov Otabek
Institut matbuot va axborot xizmati xodimi