Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-mart kungi videoselektor yig’ilishidagi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus”ning 4-yo’nalishida nazarda tutilgan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishda yurtimizning barcha hududlarida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

     Xususan O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan har yili an’anaviy tarzda “Yosh kitobxon” Respublika ko’rik tanlovi tashkil etilib kelinmoqda. An’anaga muvofiq ushbu ko’rik tanlovning Andijon shahar saralash bosqichi o’tkazildi. 21-22 may kunlari bo’lib o’tgan saralash bosqichiga Andijon mashinasozlik instituti  mezbonlik qildi.

     Respublika ko’rik tanlovining saralash bosqichida institutning Transport va logistika fakulteti Kasb ta’limi 2-bosqich 244-guruh hamda Yer usti transport tizimlari yo’nalishining 2-bosqich 246-guruh talabalari ham ishtirok etdilar. Bu esa 5 ta muhim tashabbusning 4-yo’nalish bo’yicha institut talabalari orasida kitobxonlikka targ’ib qilish ishlari jadallik bilan olib borilayotganidan dalolat beradi.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi