Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Jamiyatning asosiy negizi hisoblangan oilada baxtli hayot shakllanishida eng avvalo ma’naviy muhit yaxshi shakllanmog’i muhim ahamiyatga ega. Zero u qanchalik barqaror bo’lsa, jamiyat sog’lom ruhda shakllanadi. Bu bilan esa har qadamda inson dilini xira qiladigan salbiy voqealar soni kamayishi sabab bo’ladi. Oila haqida bugunning yoshlari qay darajada tasavvurga ega? Ularning oilaga bo’lgan munosabati, oilaning qadr-qimmatining o’lchovi qay holatda? Ushbu savollarga javob toppish, yoshlarning ichiga kirib boorish, ularning bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilangina yuqorida aytib o’tilgan sog’lom jamiyat shakllanishiga erishish mumkin.

     Institutda bu borada kerakli barcha islohotlar amalga oshirilmoqda. Navbatdagi tadbir ham ushbu amaldagi ishlarning davomi sifatida 2019-yilning 15-may kuni  “Xalqaro oila kuni” bag’ishlab o’tkazildi.

           

 

     Unda institut Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi R.Yusupova, Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi Bosh mutaxassisi N.Xushvaqova, Sh.Rahmonova, Andijon viloyat “OITSga qarshi kurashish” markazi mutaxassislari J.Mamadaliyeva, N.Nabijonovalar hamda 200 ga yaqin talabalar ishtirok etdilar.

 

     Tadbir avvali taqdirlash marosimi bilan boshlandi. Har galgi taqdirlashlardan o’zgacha holda tashkil etilgan marosimda bu gal talabalarga emas, barkamol farzandni tarbiyalab voyaga yetkazganligi uchun ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

     Tadbir davomida talabalar oila va uning mustahkamligi uchun qanday yo’l tutish kerakligi, oilada odilona siyosat olib borishda nimalarga e’tibor berish kerakligi, umuman oilada inson o’zini baxtli his qilishi uchun avvalo bunga o’zi zamin yaratishi zarur ekanligi uqtirildi.

     Tadbir so’ngida institutning Nihol talabalar teatr studiyasi jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Oqibat” nomli spektakl namoyish etildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi