Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Yurtimizga muborak ramazon oyi kirib kelganiga ham 17 kun bo’ldi.Mana shunday ulug’ kunlarda faqatgina yaxshilikni targ’ib qilish, yon atrofimizdagi insonlar bilan xushmuomalada bo’lish, insonlarni ko’ngliga ozor yetkazib qo’yishlikdan tiyilish kabi go’zal fazilatlarni o’zimizda shakllantirgan holda ushbu muborak oyini o’tkazsak maqsadga muvofiq go’zal amal bo’ladi hamda inshaollox qilgan ibodatlarimiz va tutgan ro’zalarimizni ollox o’z dargohida qabul qiladi.

     Yuqorida sanab o’tilgan go’zal fazilatlarni isboti o’laroq Andijon mashinasozlik institut jamoasi ham xayrli ishlarni amalga oshirmoqda. Institutning Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi dotsentlari A.Abduraxmonov, A.Rahimov va katta o’qituvchi  M.Igamberdiev, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti dekanati a’zosi Sh.Xalmirzayevlar institutda  uzoq yillar halol mehnat qilib, hozirda nafaqada qarilik gashtini surib kelayotgan sobiq o’qituvchilar dotsentlar Yusupov  Erkin  Mamajonovich va Yusupova Karima Fozilxonovna, katta o’qituvchi Qosimov Mamasolilarni  uylariga tashrif buyurdilar. Shuningdek marhum Shuhrat Qosimovlarni uylarida bo’lib duo-fotiha qilindi. Ustozlar tomonidan ushbu kunda qilingan hayrli tashrif barcha talabalar va boshqa hamkasblarga o’rnak sifatida ko’rsatsa arzigulik voqea bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi