Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

  2019-yilning 20-may kuni  Doktorant I.Ermatov “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarida texnologiyalar transfertini rivojlantirish (Andijon viloyati misolida)” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o’tkazdi. Ushbu seminarda “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti dekani, dotsent M-A. Eshonov, “Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent G. Bazarova, professor Q. Muftaydinov, dotsent M. Nazarov, katta o’qituvchilar M. To’lanov, A. Satvaldiev, doktorant X. Mo’ydinovlar qatnashdilar.

     Ilmiy maslahatchi i.f.d.prof. Q.Muftaydinov doktorant I.Ermatov tomonidan olib borilayotgan “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarida texnologiyalar transfertini  rivojlantirish (Andijon viloyati misolida)” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatining dolzarbligi so’nggi davrda yana ham muhim ahamiyat kasb etayotganini, aholisi zich va qulay infratuzilmaviy muhitga ega bo’lgan Andijon viloyatida sanoatni jadal taraqqiy ettirish, jumladan sanoat sohasida viloyat hududlarini bir tekis rivojlantirish shartligini ta’kidladi. Tanlangan mavzu aynan zamonaviy texnika va texnologiyalarni oqilona joylashtirish, ulardan samarali foydalanish va uzluksiz takomillashtirish masalalarining iqtisodiy mexanizmini tadqiq qilishga bag’ishlanganini bildirdi. Shuningdek, Q.Muftaydinov ushbu mavzu doirasida hozirgi kunga qadar yurtimizda va xorijda o’nlab salmoqli izlanishlar olib borilganini aytib, mazkur izlanishlar natijalaridan o’z faoliyatida unumli foydalanishi zarurligini I.Ermatovga uqtirdi.

     Doktorant o’z ma’ruzasida ilmiy tadqiqot faoliyatining ilmiy-nazariy jihatlarini tushuntirib, turli formatsiyalar tajribasida taraqqiyotga erishish uchun milliy xo’jalik tarkibida sanoat ishlab chiqarishining miqdor va sifat ko’rsatkichlarini uyg’un ravishda rivojlantirib borishga e’tibor qaratilganligini, hozirgi globallashuv va innovatsion rivojlanish muhitida O’zbekiston Respublikasi o’z iqtisodiy salohiyatini jadal mustahkamlab borayotganini, xususan Andijon viloyati ham bunda mamlakat iqtisodiyotiga munosib hissa qo’shib kelayotganligini, so’nggi yillarda sanoat mahsulot ishlab chiqarish barqaror o’sish tendentsiyalarini ifodalayotganligi, bu ayniqsa viloyat yalpi hududiy mahsulotida sanoat mahsulot hissasi ortayotgani, aholi jon boshiga sanoat va iste’mol tovarlari ko’payib borayotgani, sanoat ishlab chiqarishi sohasida band bo’lganlar soni ortib borganligini faktlar asosida izohladi. Shu bilan bir qatorda, viloyatimizga kuni kecha bo’lgan Yurtboshimiz tashrifi chog’ida Andijonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun hali ko’plab imkoniyatlar mavjudligi, hudud sanoatida ko’shma korxonalar va boshqa sanoat korxonalari ishlab chiqarish samaradorligida katta tafovut borligi, viloyat tumanlarida sanoat rivojlanish sur’ati va darajasi turlicha borayotganligi, viloyat aholisi o’rtacha jon boshiga to’g’ri keladigan sanoat mahsulotining keskin oshirish kerakligini aytib o’tdi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi