Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni qo’llab-quvvatlash, 2019-yil 15-aprelda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari A.Abduxakimov tasdiqlagan yig’ilish  (2019-yil 23.04.,14-14/-771-son) Bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning May oyi Respublikamizda “Sport oyligi” deb e’lon qilingan.

     Shu munosabat bilan 2019-yilning 20-may sanasidan boshlab institutning Transport va logistika fakulteti talabalari o’rtasida sportning mini fudbol turi bo’yicha turnirga start berildi.

    Musobaqani institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha ‘rorektori A.Ermatov ochib berdi. Musobaqa avvalida A.Ermatov yuqoridagi tashabbuslarni qo’llab-quvvatlagan holda jonbozlik ko’rsatib musobaqada ishtirok etish istagini bildirganligi uchun talabalarga minnatdorchilik bildirdi. Barcha jamoalarga omad tilab musobaqani ochib berdi.

     Musobaqani Yer usti transport tizimlari yo’nalishining 203 va 249-guruh talabalarining uchrashuvi boshlab berdi.Yakunda 4:3 hisobida YeUTT 203 guruh jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. Musobaqada  jami 10 ta jamoa ishtirok etmoqda. Jamoalarning o’zaro uchrashuvlari belgilangan jadval asosida har kuni o’tkazilishi rejalashtirilgan.

      

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi