Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 20-may kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi hamda Transport va logistika fakultetida an’anaviy ertalabki saf tortish yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi.

     Yig’ilishda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.Mamajonov Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Ermatov, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, institut Boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupova, fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari, faxriy ustozlar, kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

     Yig’ilish davomida M.Xaliqova yangi o’quv haftasi boshlanganligi hamda bitiruvchi talabalarni oldinda turgan YaDAK imtihonlarida muvafaqqiyatlar tilab, yangi o’quv haftasi davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi bo’yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlar bilan tanishtirib o’tdi va barcha talabalar va professor-o’qituvchilarni ushbu tadbirlarda faol bo’lishga undadi.

     Yig’ilish davomida o’tgan o’quv haftasi davomida ma’naviy-ma’rifiy, sport sohasida o’tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etib bir qator yutuqlarga erishgan talabalar institut rektorining faxriy yorliqlari hamda sovg’alari bilan taqdirlandilar.

 

 

 

  

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi