Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining  2019-yil  13-apreldagi  “Oliy ta’lim muassasalarida dars mashg’ulotlarini mavzular bo’yicha tegishli joylarda sayyor o’tkazilishini ta’minlash to’g’risida”gi 340-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida institutning Gumanitar fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda institut talabalari Andijondagi tarixiy obidalar, shoir va yozuvchilarning uy muzeylari, tarixiy muzeylarga ekspedidsiyalar amalga oshirildi.

     Institutning “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti Nargiza Qurbonova hamda kafedra katta o’qituvchisi Feruza Taylyaqovalar Avtomatika va elektrotexnika, Mashinasozlik texnologiyasi, Transport va logistika fakulteti talabalariga  “O’zbekiston tarixi” fanidan  “O’zbekiston hududida dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi” mavzusidagi seminar mashg’ulotini Andijon shahrining Eski shahar qismida joylashgan o’lkashunoslik muzeyida tashkil etdi. Seminar mashg’uloti davomida talabalar Farg`ona vodiysidagi boy tarixga ega bo`lgan ilmiy – ma`rifiy maskanda o`lka tarixi va tabiatini aks ettiruvchi 68 mingdan ziyod arxeologik, nimuzmatika va etnografiya yodgorliklari, noyob arhiv hujjatlari, qolyozma asarlar, fotomateriallar va boshqa muzey ashyolari, kolleksiyalar bilan yaqindan tanishdilar.

     2019-yil 24-aprel kuni kafedra dotsenti R.K. Rahimov Avtomobilsozlik fakulteti “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi 2-bosqich 254 guruh talabalari bilan birga Marhamat tumanidagi shoir Muhammad Yusufning uy muzeyiga sayohat uyushtirdilar. Sayohat davomida talabalar shoir yashab ijod qilgan xonalar, keng ommaga taqdim qilinmagan oilaviy suratlar, shoir bolaligi o’tgan bog’ va ko’chalar bilan yaqindan tanishdilar.

     Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti D.A.Iymanova Transport va logistika fakultetlari talabalari bilan birgalikda “Murabbiylik va axborot” soatida  yangi Registon ziyorotgohiga tashriflari amalga oshirildi. Tashrif davomida talabalar Andijon shahrida 19 – asr oxirlariga taalluqli  me’moriy obidalar jamlanmasi o’z ichiga olgan Mahmud Aliboy tomonidan qurilgan – Masjid, madrasa va minora tarixiga oid ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi