Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yil 17-may kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Andijon viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, professor, o’qituvchilar va olimlar bilan uchrashganligi to’g’risida vazirlikning rasmiy saytida axborot berildi. Shu kuni Vazir Abduraxmonov Ibroxim Yulchiyevich Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida institutda tashkil etilgan texnologiyalar markazi hamda Nat-test Yapon tilidan test topshirish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashkil etilganiga ko’p vaqt bo’lmagan bo’lsada o’zning samarasini berayotgan markazlar faoliyatiga Vazir tomonidan ijobiy baho berildi. Shu bilan birgalikda markazlar faoliyatini rivojlantirish borasida markaz koordinatori, ayni paytda institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ermatov bildirgan takliflarni ham qo’llab-quvvatladi.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi