Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha ilgari surgan 5 ta tashabbusini qo’llab-quvvatlash hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 9-noyabrdagi 917-sonli buyrug’ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yilning 14-may kuni Andijon shahridagi 45-umumta’lim maktabida taxsil olayotgan o’quvchilar uchun Andijon mashinasozlik  institutining “Nihol” talabalar teatr studiyasi jamoasining “Tuzoq” nomli spektakli namoyishi bo’lib o’tdi. Ushbu spektaklda odam savdosi, ekstremizm va terrorizm, korruptsiya, huquqbuzarlik va jinoyatchilik kabi salbiy holatlar va ularning oqibati aks ettirilgan bo’lib, mazkur spektakl o’quvchi-yoshlarda katta taasurot qoldirdi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi