Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot, texnologiyalari, kitob o’qishga bo’lgan qiziqishni oshrish bo’yicha ilgari surlgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish hamda Andijon viloyati hokimligining alohida xabarnomasida belgilanga vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yilning 16-may kuni Andijon mashinasozlik institut iqtidorli talabalar jamoasi tomonidan shahrimizdagi Jome me’moriy majmuasida 5 ta muhim tashabbusni o’zida mujassam etgan tadbir tashkil etildi.

     Tashkil etilgan tadbirda institute jamoasi tomonidan kitob va innovatsion ishlanmalar ko’rgazmasi, sportning fudbol va voleybol turlari bo’yicha ko’rgazmali chiqishlari, shu bilan birgalikda tadbir yakunidagi konsert dasturi aholi va yoshlarda katta taasurot qoldirdi. Yoshlarni kelajakda ham aqlan, ham ma’nan yetuk inson bo’lib shakllanishida, aholi o’rtasida san’at, sport, kitobxonlik kabi yo’nalishlarga qiziqish uyg’otish va bu orqali ularning ma’naviy immunitetini mustahkamlashda bunday tadbirlar juda katta ahamiyat kasb etadi.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi