Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2019-yilning 16-may kuni Andijon mashinasozlik institutiga Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidov tashrif buyurdi. Tashrif avvali dastlab institutning Innovatsion ta’lim texnologiyalari fakulteti va undagi institut tomonidan ishlangan o’quv-laborotoriya jihozlari bilan tanishishdan boshlandi. Tashrif davomida institut professor-o’qituvchilari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi. Unda bugungi kunda oliygohning xususiyatidan kelib chiqqan holda mavjud muammolari va ularning yechimlari to’g’risida takliflar tinglandi hamda Vazir tomonidan har bir ko’tarilgan masala yuzasidan tavsiyalar berildi. Hozirgi kundagi ta’lim tizimini zamonaviy bosqichga olib chiqish va rivojlantirish borasida qilinishi zarur bo’lgan islohotlar to’g’risida o’z fikr mulohazalarini bildirdi.