Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2019 yilning 13 may kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosida an’anaviy ertalabki saf tortish yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyassi bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi.

Yig’ilishda O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.Mamadjanov, Xotin qizlar raisi R.YUsupova, YOshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i M.Xoliqova fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, dekan o’rinbosarlari, kafedra professor o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

Yig’ilish davomida Q.Ermatov yangi o’quv haftasi boshlanganligi munosabati bilan o’tgan haftada amalga oshirilgan ishlarni aytib o’tdi, mazkur o’quv haftasiga rejalashtirilgan Xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari tashrifi hamda o’tkaziladigan tadbirlar bilan barchani tanishtirdi.