O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909, sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yilning 7-11-may kunlari institutga Rossiya Federatsiyasi Ufa davlat neft texnika universiteti texnika fanlari doktori, professor N. R. Raximov tashrif buyurdi. Tashrif davomida professor tomonidan Xorijiy fakultetning barcha yo‘nalish talabalariga hamda “Avtomatika va elektrotexnika” fakultetining E.E.E va TJICHAB yo‘nalishidagi talabalarga “Fizika va kimyo” kafedrasi soatbay fondidan ochiq ma’ruza darslar, master – klass darslari o‘tkazildi. Qolaversa uchrashuv davomida ta’limning magistratura bosqichini Rossiya Federatsiyasida o’qishni davom ettirish istagi bo’lgan talabalar uchun prof. N. R. Raximov tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.
Tashrif Davomida Professor N. R. Raximov institut rektori U. R. Salomov bilan uchrashdi. Rektor U. R. Salomov va Oktyabrsk shahridagi Ufa davlat neft texnika universiteti direktori V.Sh. Muxammedshin o’rtasidagi hamkorlik shartnomasi 2017- yil tuzilgan bo‘lib, tasdiqlangan reja asosida ishlar olib borilmoqda. Ushbu uchrashuvda hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida kelgusidagi bajariladigan ishlar rejalashtirildi.
Odilov Otabek
Institut matbuot va axborot xizmati xodimi