Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2019 yil 7 may kuni Institutning katta anjumanlar zalida navbatdagi faollar yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov 2018-2019 o’quv yili YAkuniy Davlat attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik holati bo’yicha gapirib, attestatsiya o’tadigan xonalarni tayyorligi, bitiruvchilarni YADA sinovlariga qo’yish buyruqlarini holati,  “O’zbekiston tarixi” fanidan yozma ish  daftarlari, titul sahifalari bo’yicha Ishlar boshqarmasi, o’quv bo’limi, fakultet dekanlari, “Gumanitar fanlar” kafedralarining axborotlarini eshitdi.

Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bitiruvchi 4-kurs talabalarining Bitiruv malakaviy ishlari hamda Magistratura mutaxassisliklari bitiruvchi 2-kurs talabalarining Magistrlik dissertatsiyalarining bajarilishi bo’yicha yo’nalish kafedra mudirlarining axborotlari eshitildi va 10 may kunidan boshlab har bir bitiruvchining BMI va MDlarni bajarilish foziini Rektoratga taqdim etishga kelishib olindi.

 “ZiyoNET” tarmog’ini elektron axborot resurslari bilan boyitib borish dasturida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti dekani T.Turgunovga 20 may kuniga qadar materiallarni Vazirlikka topshirish vazifasi  belgilandi.

Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo’limi boshlig’i A.Ismoilov tomonidan barcha bitirtiruvchi kafedralarga bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va  magistratura mutaxassisliklari kesimida (davlat granti va to’lov-kontrakt)  har bir bitiruvchi to’g’risida (ismi-sharifi, jinsi, tug’ilgan yili, doimiy yashash manzili, oilaviy ahvoli, tugatayotgan yo’nalishi yoki mutaxassisligi, ishga yo’llanadigan korxona, tashkilot yoki muassasa nomi nomi, shartnoma va x,k.) ma’lumotlar ba’zasini taqdim etish vazifasi topshirildi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i M.YUsupovaning kafedralarda dars o’tish va reyting baholashlarni sifati bo’yicha axboroti eshitildi hamda kerakli chora-tadbirlar belgilanib olindi, qarorlar qabul qilindi.

Axborot texnologiyalar markazi boshlig’i  G’.Parpiyev, Axborot resurs markazi direktori R.Mamatovlar institut jozibadorligini oshirish uchun   veb sayt, broshyura bo’yicha kafedra va fakultetlar kesimida o’zbek, rus, ingliz tilida materiallarni  20 may kuniga qadar taqdim etish bo’yicha o’z fikr-mlohazalarini bildirdilar.

Yig’ilish so’ngida Axborot resurs markazi direktori R.Mamatov Prezidentimiz ilgari surgan 5 tashabbusning to’rtinchisi bo’lgan yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha institut Axborot-resurs markaziga 2019 yilning 1-choragi davomida 129 nomda 203 nusxa 3818560 so’mlik adabiyotlar olinganligi va 2019 yil uchun 56 nomda 138 nusxa 40 529 028 so’mlik vaqtli matbuot nashrlariga obuna tashkil etilgani haqida ma’lumot berdi.

Yig’ilishda Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo’limi boshlig’i A.Ismoilov, Ta’lim sifatini nazorat qilishi bo’limi boshlig’i M.YUsupova, O’quv-uslubiy bo’limi boshlig’i M.Jo’raxonov, Axborot resurs markazi direktori R.Mamatov, Axborot texnologiyalar markazi direktori G’.Parpiyev hamda fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etdilar.