Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Har tong uyqudan ko’z ochar ekanmiz beixtiyor tinch va osuda yurtda yashayotganimizga shukrona keltiramiz. Bir vaqtlar mana shunday yorug’ tonglarga yetishish orzusida jang maydonlari bag’rida qo’nib topgan, urush deb atalmish baloyi-ofat havosidan nafas olgan insonlar ko’pi tonglari tiniq havosi musaffo kunlarga yetib kela olmagan bo’lsalarda, bugun qalblarda ularning yorqin xotiralari barhayot. Bugungi kunda xavotiru tashvishlardan holi bo’lgan holda o’z yumushlarimizni bajarib, kun so’ngida oilamiz bag’riga omonlikda yetib borayotganimiz uchun bir vaqtlar juda katta zamin yaratib ketgan insonlarni yodda saqlash har birimizning burchimiz ekanini unutmasligimiz lozim.

     9-may “Xotira va qadrlash kuni”- yurtimizda har yili juda katta tantanalar bilan kutib olinadigan va nishonlanadigan buyuk sanalar qatoriga kiradi. Bu yil ham har yilgi an’anaga sodiq qolgan holda ushbu sana yuqori saviyada tashkil etildi. Kuni kecha Andijon shahrida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan  xarbiy parad o’tkazildi. Unda, viloyatimizdagi barcha xarbiy qismlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Sog’liqni saqlash boshqarmasi, korxona va tashkilot xodimlari va barcha ta’lim muassasalari talaba-o’quvchilari ishtirok etdilar.

     Ular qatorida Andijon mashinasozlik instituti ham faol ishtirok etdilar. Xarbiy parad davomida instituti talabalari va professor-o’qituvchilari institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Ermatov boshchiligida saf tortib vatanni madh etuvchi harbiy qo’shiqlar kuylagan holda shahar ko’chalari bo’ylab yurish qildilar. 

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi