Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 8-may kuni Andijon mashinasozlik instituti «Avtomobilsozlik» fakulteti «Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti» kafedrasi professor-o’qituvchi va talabalari 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan «Inson qadri ulug’- xotira muqaddas» shiori ostida sharaf lentalarini tarqatish va har bir inson qalbida bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun jon fido qilgan insonlarni xotirlash borasida loyiha tashkil etdilar. Loyihada “MSMSM” kafedrasining faol magistrantlari va talablaridan tuzilgan guruh tomonidan Andijon shahar Boburshox ko’chasi, va shahar markazida  sharaf lentalarini va avtomobil haydovchilariga “Inson qadri ulug’- xotira muqaddas” nomli chaqiriqli tarqatma materiallar ulashildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi