Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yil 4-may kuniAndijon mashinasozlik institutining katta anjumanlar zalida institut Ilmiy kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Ilmiy kengash yig’ilishida Kengash a’zolari, bo’lim boshliqlar, kafedra mudirlari ishtirok etdilar.

  Ilmiy kengash avvalida O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi Respublika tanlovida hamda institutda o’tkazilayotgan turli yo’nalishdagi tadbirlarda shuningdek,O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Qaror va Farmonlarning targ’ibot tadbirlarida faol ishtirok etganligi uchun institut Boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupova institut rektorining faxriy yorlig’i va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Texnologik mashinalar va jihozlari kafedrasi mudiri N.Qobulovaga Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi ixtisosligi bo’yicha dotsentlik ilmiy unvoni topshirildi.  

     Ilmiy kengashda Andijon mashinasozlik instituti rektori  U.R. Salomovning 2019-yil 9-16 aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi yig’ilish bayoni bilan tasdiqlangan Andijon mashinasozlik instituti faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-mart kungi murojaatnomasidagi Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida institutda amalga oshirilayotgan ishlar, ijro intizomi va hujjatlar nazorati (O’zbekiston Respublikasining Hukumat qarorlari hamda farmoyishlari, oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari ijrosi)  hamda ushbu jarayonni amalga oshirish, talabalar respublika Fan olimpiadalarining I bosqichi yakunlari, oliy ta’lim muassasalarida talabalar hamda professor-o’qituvchilardan turli maqsadlarda noqonuniy pul yig’ishlar va korruptsiyaning oldini olish bo’yicha Avtomatika va elektrotexnika fakultetida olib borilayotgan ishlar, kafedra mudirlarining o’quv jarayoni, o’quv-uslubiy ishlari, kafedra ilmiy salohiyatini oshirish, grantlar, yosh olimlar va tadqiqotchilarni “Innovatsion g’oyalar yetakchisi” ko’krak nishoni uchun tanlovi, xo’jalik shartnomalari hamda yoshlar bilan ishlash bo’yicha istiqbol rejasi kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

    

          Shu kuni Ilmiy kengash yig’ilishida lavozimlarga tanlovlar hamda dotsent ilmiy unvoniga saylov ham o’tkazildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi