Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Andijon mashinasozlik institutining Yevropa Ittifoqining Erasmus plyus dasturi doirasida Polshaning Jeshuv Texnologiyalar Universiteti bilan tuzilgan 2017-1-PL01-KA107-036858 loyixaning o’qitish uchun almashinuv qismini bajarish maqsadida institutga joriy yilning 2–3 may kunlari Jeshuv Texnologiyalar Universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limi xodimlari Ruszel Joanna Beata (Ruszel Joanna Beata) hamda Stanisz Monika Teresalarning (Stanisz Monika Teresa) tashrifi amalga oshrildi.

     Tashrif davomida Ruszel Joanna Beata (Ruszel Joanna Beata) hamda Stanisz Monika Teresa (Stanisz Monika Teresa) institutning professor-o’qituvchilari va Innovatsion ta’lim fakulteti talabalariga “Erasmus+ loyihalari doirasida OTMlar o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirish” mavzusida ma’ruzalar tashkil etildi.

     Ma’ruzalarni tashkil etishdan asosiy maqsad Erasmus+ loyihalari doirasida har ikkala Oliygoh o’rtasidagi tajriba almashish jarayonini yo’lga qo’yish va mustahkamlash, kelajakda hamkorlik asosida loyihalar ishlab chiqish hamda bu orqali Yevropa tajribasini olib kirish va amalda joriy etish bo’yicha ko’nikmalar hosil bo’lishiga erishish.

                                                                                                                                                                                                                                                                               

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi