Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2019-yilning 6 may kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosida an’anaviy ertalabki saf tortish yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi.

     Yig’ilishda institutning O’quv ishlari bo’yicha  prorektor Q.Ermatov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshligi M.Yusupova institutning fakultet dekanlari M.Eshonov, T.Turg’unov, M.Qo’chqarov,  kafedra mudirlari, dekan o’rinbosarlari, faxriy ustozlar, kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

     Yig’ilish davomida Q.Ermatov yangi o’quv haftasi boshlanganligi munosabati o’tgan haftada amalga oshilgan ishlarni aytib, mazkur o’quv haftasiga  rejalashtirilgan tadbirlar  bilan barchani tanishtirdi.