Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbeksiton Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasining 2019 yil 5-martdagi qo’shma qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalaridan xorijda malaka oshirish, stajirovkadan o’tish va doktorantura va magistraturada o’qish uchun yuborilishi rejalashtirilayotgan nomzodlarga xorijiy tillarni o’rgatish bo’yicha o’quv dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi 2019 yil 2-martdagi 210-sonli buyrug’i asosida institutning 2019 yil 20-mart kuni 224–sonli buyrug’i ishlab chiqilgan edi. Mazkur buyruqqa asosan Andijon davlat universitetida tashkil etilgan o’quv mashg’ulotlarida institutimizning 13 nafardan iborat tinglovchilar qatnashib kelmoqda.

Nomzod F.I.SH Lavozimi Kafedrasi  
 
1 N. Xolmirzaev Assistent Mashinasozlik texnologiyasi  
2 B. Abdullaev Assistent  
3 Z. Boixonov Assistent Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar  
4 M.Maksudov Assistent  
5 O’.Axmadaliyev Assistent  
6 A. Aysachev Assistent Gumanitar fanlar  
7 S. Ibragimov Assistent Axborot texnologiyalari  
8 S.Parpiyev Assistent Gidropnevmoyuritmalar  
9 A. Xojimatov Assistent  
10 U.Qayumov Assistent Umumtexnika fanlar  
11 YO. Ma’mirov Katta o’qituvchi  
12 X. Xoshimov Assistent Texnologik mashinalar va jihozlar  
13 SH. Yo’ldashev Assistent  

 

Tinglovchilarning xorijiy til bilim va ko’nikmalaridan kelib chiqib test asosida ikkita chet tillari bo’yicha umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlarga ko’ra, A2, B1 guruhlarga bo’lingan holda kurslar tashkil etilgan va har bir kurs dastur bo’yicha 4 oyga mo’ljallangan bo’lib, 4 hafta faol o’qish va +12 hafta onlayn tarzida mustaqil ta’lim hamda 1 hafta yakunlovchi o’qish ko’rinishida olib boriladi. Hozirda Andijon davlat universitetining Xorijiy tillar fakultetining profeyesor-o’qituvchilari (trenerlari) tomonidan 8 aprel kunidan boshlab har ish kuni soat 15.00-18.00 oralig’ida dars mashg’ulotlari o’tib kelinmoqda.

2019 yil 2 may kuni Andijon davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetining binosida onlayn trening mashg’uloti o’tkazildi. Trening mashg’ulotini British Council kurs kordinatori Saida Ergasheva olib bordi.

Dars mashg’ulotlari yana bir hafta davom etadi.