Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutning “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedra mudiri,  t.f.n., dots. B.M.Tojiboyev, professor-o’qituvchilaridan t.f.d., prof. A.B.Djumabaev va assistent B.A.Sobirovlar Vazirlikning 2019 yil 16 apreldagi 87-03-1463 xati hamda Osh davlat universiteti (Qirg’iziston Respublikasi) bilan 2018 yil  2 iyundagi  kelishuv xatidan kelib chiqqan xolda 2019 yil 27 aprel kuni Qirg’iziston Respublikasi Osh viloyatida joylashgan Osh davlat universitetida bo’ldilar. Institut professor-o’qituvchilarini qardosh xalq OTM vakillari ko’tarinki ruhda kutib oldi. Universitetda ochiq eshiklar kuni bo’layotgani munosabati bilan qo’shni mamlakat maktablari, kollejlari bitiruvchilariga Andijon mashinasozlik institutining  faoliyati, imkoniyatlari, ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari, shuningdek, xorijiy talabalar uchun qulay jihatlari yoritib berildi, Institutni targ’ib qiluvchi bukletlar, bannerlar, broshyuralar, tarqatma materiallar, reklama roliklari ishtirokchilarga tarqatildi.

SHu bilan birga  Osh davlat universitetida maktablar va kollejlar bitiruvchilariga “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini o’tkazish taomillari,  xorijiy ommaviy axborot vositalari, internet tarmog’i, xususan ijtimoiy tarmoqlar orqali bitiruvchilarga  taqdim etib borish sohasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Kunning ikkinchi yarmida Osh mamlakat universiteti  professor – o’qituvchilari bilan quyidagilar masalalar bo’yicha fikrlar almashildi:

  1. Xamkorlikda talaba almashinuvi (2+2) dasturi bo’yicha ikkala OTMlari o’quv rejalarini ko’rib chiqish belgilab olindi;
  2. Innovatsiyalar bo’yicha suvni chuchuklashtirish masalalarida ish olib borish va kelgusida qo’shma loyihalar tayyorlashga kelishildi;
  3. Xozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lgan Biogaz ishlab chiqarish jihozlarini amaliyotga tadbiq qilish masalalari bo’yicha birgalikda ishlashga kelishib olindi.
  4. Quyosh nurlaridan oqilona foydalanish hisobiga polimerlarga termik ishlov berish masalalari bo’yicha ham birgalikda ishlashga kelishildi.

Tashrif yakunida Osh mamlakat universiteti professor –  o’qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari hamda talabalarini Andijon mashinasozlik institutining  may oyida bo’lib o’tadigan konferentsiyasiga  taklif etildi.