O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti va “UZ-Kodji” O’zbek – Korea qo’shma korxonasi o’rtasida o’zaro hamkorlik shartnomasiga asosan institutning 5320100 – “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” yo’nalishi talabalarini 2019 yil 1 may kuni korxonaning texnologik jarayonlari bilan tanishish uchun bir kunlik amaliyotni o’tadilar.
Talabalar “UZKodji “ qo’shma korxonasi to`g’risida quyidagi ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Ta`sischilar: Uzavtosanoat AK -50 foiz
Asos solindi: oktyabr 1999 yil
Ishlab chiqarish maxsulotlari avtomobil elektr sim jamlamasi
Yillik quvvati 270 000 komplekt sim o’ramlari
Yer maydoni 1.5 gektar
Asosiy buyurtmachilar AJ “Dji EM UZBEKISTON”,AO TTZ ,”Uz POVERTRAYN”
Ishchilar soni 1700 navar
Qo’shma korxona ishlab chiqarish texnalogik jarayonlari quyidagilardan iborat.
Sim qirqish ,Shtampovka
Yarim tayyor mahsulot tayyorlash
Yakuniy yigish
Funksional sinovdan o’tish
Vizual ko’rib chiqish,Upakovka, qadoqlash
Tayyor mahsu lot omboriga topshirish
Buyurtmachiga yetkazib berish