Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yil 15-aprelda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari A.Abduxakimov tasdiqlagan yig’ilish  (2019 yil 23.04.,14-14/-771-son) Bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning May oyi Respublikamizda “Sport oyligi” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan Andijon mashinasozlik institutida sportning futbol turi bo’yicha Chempionlar ligasi o’yinlarini o’tkazish uchun institut hududidagi mavjud futbol maydoni talab darajasida tayyorlandi va 1-may kuni dastlabki uchrashuvlarga start berildi.

     Musobaqa avvalida institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ermatov, ushbu sport oyligini yuqori saviyada tashkil etish va mana shunday turnirlarni yil davomida an’anaga aylantirib  borish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlagan holda barcha jamoalarga omad tilab turnirni ochiq deb e’lon qildi.

     Turnirni ko’tarinki ruhda o’tkazish, uni jozibadorligini oshirish maqsadida turnirda ishtirok etayotgan jamoalar dunyoning eng yetakchi va nomdor fudbol klublari nomi ostida maydonga tushishi ko’zda tutilgan.

     Musobaqaning ilk kunida Liverpul-239 va Barcelona-277, Manchester City-281 hamda Bavariya-194 jamoalari o’zaro bellashdilar. Yakunda Liverpul-239 jamoasi 1:2 hisobda g’alaba qozondi. Manchester City-281 hamda Bavariya-194 jamoalari o’rtasida o’tkazilgan baxs Bavariya-194 jamoasi foydasiga yirik 0:8 hisobida yakunlandi.

     Turnir Yevropa chempionlar ligasining o’tkazilish tartibiga ko’ra javob uchrashuvlari ko’rinishida tashkil etilmoqda.

     “Sport oyligi” davomida o’tkazilishi rejalashtirilgan barcha sport musobaqalariga mas’ul etib, institutning MPP kafedrasi tayinlandi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi