Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 30-aprel kuni Andijon mashinasozlik institutining asosiy binosi faollar zalida O’zbekiston Yoshlar ittifoqi muassisligidagi «Respublika yosh olimlar kengashi» bilan hamkorlikda «Fan-texnika integratsiyasida innovatsiya va zamonaviylashuv» mavzusidagi ilmiy seminar bo’lib o’tdi.

     Seminarda Andijon mashinasozlik instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor t.f.n. dotsent B.J.Mamadjanov, Toshkent Turin politexnika universiteti dotsenti, t.f.n. A.E.Yarbekov, Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti, t.f.d. I.Yuldashev, RYOK NNT direktor o’rinbosari Sh.T.Beknazarova, TDTU mustaqil izlanuvchisi F.Sh.Umerov va institutning doktorantlari, magistrantlari hamda talaba yoshlari ishtirok etdilar.

    Ilmiy seminar davomida soha mutaxasisslari bo’lajak fan doktorlari va magistrantlariga ilmiy ishlarga mavzu tanlash, unga har tomonlama tanqidiy va tahliliy baho berish, ixtirolarga patent olish va ularni muhofaza qilish haqida maslahatlar berib o’tdilar.

    Shuningdek, Yosh olimlar kengashi tomonidan e’lon qilingan «Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari» grant tanlovi ishtirok etish tartibi haqida batafsil ma’lumot berib o’tildi.

    Ilmiy seminar munozaralarga boy ruhda bo’lib o’tdi. Qatnashchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

    Tadbir yakunida seminar tashkilotchilari va munozaralarda faol ishtirok etgan yoshlar Respublika yosh olimlar kengashining tashakkurnoma hamda sertifikatlari bilan taqdirlandilar.

     O’tkazilgan ilmiy seminar O’zbekiston24 telekanali tomonidan tasvirga olindi.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi