Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 30-aprel kuni Andijon mashinasozlik institutining transport va logistika fakulteti MPP kafedrasi va Yer usti transporti va ularning ekspluatatsiyasi yo’nalishining 3-bosqich talabalari hamkorligida Oilaning baxti, o’z qo’limizda mavzusida amaliy psixologik trening bo’lib o’tdi.

    Ushbu treningda institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ermatov, Avtomobilsozlik fakulteti dekani M. Kuchkarov, Transport va logistika fakulteti dekani v.v.b. Sh. Doliev, institutning psixolog professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

    Treningni o’tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni oilaga tayyorlash, ularning ruhiy holatini o’rganish, muammolarni kerakli vaqtda o’zlari mustaqil ravishda hal qila olishlari uchun immunitet yaratish va bu orqali kelajakda ulardagi mustaqil fikrlay olish salohiyatini yuksaltirishdan iborat bo’ldi.

    Psixologik trening davomida talabalar “Ranglar tilga kirganda”, ”Imzolar gapiradimi”, “Siz kanday shaklsiz” kabi inson psixologiyasini o’rganishga va u bilan yaqindan tanishishga yordam beradigan psixologik testlarda faol ishtirok etdilar. Qolaversa inson xotirasini yaxshilashga ko’mak beruvchi test tajribalari va    temperamentingizni bilasizmi Fikrlash tezligi bo’yicha ruknlar tayyorlab qatnashuvchilarni yaxshi kayfiyat xadya qildilar. Kelajakda bunday amaliy psixologik treninglarni muntazam o’tkazilishini ta’minlash hamda talabalarimizni ta’lim tarbiya olishiga qo’shimcha zamin yaratish maqsadida institut qoshidagi Texnologiyalar markazida psixologik o’quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan. 

 

 

Odilov Otabek 

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi