2019-yil 27-aprel kuni institutning “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi taklifiga asosan Germanyaning Bremen universiteti Fraunxofer tadqiqot instituti mutaxassisi, “Mashinasozlik va ishlab chiqarish texnologiyalari” mutaxassisligi bo’yicha magistr Rahmonov Miraziz Xolmamatovich ishtirokida “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti iqtidorli talabalariga “Zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari qo’llanilishida Bremen universiteti o’rni” mavzusida ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.
O’tkazilgan dars mashg’ulotida fakultet dekani M.Eshonov, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi mudiri X.Akbarov hamda fakultetning 30 nafar iqtidorli talabalari ishtirok etdilar.
Ochiq dars mashg’uloti axborot kommunikatsion texnologiyalari asosida tashkil etilib, talabalarni o’z sohalari bo’yicha yevropa mamalakatlarida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Mashg’ulot davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savallarga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar oldilar.
Odilov Otabek
Institut matbuot va axborot xizmati xodimi