Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev xuzurida 2018-yil 28-oktyabr kuni oliy ta’lim sohalarini yanada rivojlantirish masalariga bag’ishlab o’tkazilgan majlis bayonining 5-bandi 1-qismi ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 29-aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti “Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi Rossiya Federatsiyasi Janubiy-Ural davlat universiteti bilan erishilgan kelishuvlar asosida ularning professor-o’qituvchilari tomonidan Andijon mashinasozlik instituti institut talabalari uchun Onlayn tizimda “Pedagogika Psixologiya” fanidan “Shaxsning individual psixologik xususiyatlari” mavzusida mahruza mashg’uloti o’tkazildi.

     Ma’ruza mshg’ulotini Rossiya Federatsiyasi Janubiy-Ural davlat universiteti «Umumiy psixologiya, psixodiagnostika va psixologik konsultatsiyalar” kafedrasi katta o’qituvchisi Parshukova Lyudmila Petrovna tomonidan olib borildi. Tinglovchilar – Mashinasozlik texnologiyasi 3-kurs “Kasbiy ta’lim” (MTMICHJA) yo’nalishi 188-guruh talabalari, ma’ruzasi diqqat bilan tingladilar hamda mavzuga doir dolzarb savolarga mazmunli javoblarni oldilar. Dars qizg’in baxs munozara asosida olib borildi. Talabalar onlayn dars birinchi marotaba rus tilida tashkil etilayotganligi uchun ham katta qiziqish bilan ishtirok etdilar. 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi