Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 24-aprel kuni Transport va logistikasi  fakulteti “Er usti transport tizimlari” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi”   “Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo’nalishi 3-kurs 202-guruh talabalariga “Transport logistikasi” fanidan “Bojxona nazorat zonasi” logistik maskanida  laboratoriya o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

     Unda Andijon bojxona maskanida transport logistikasi fani bo’yicha Andijon viloyati bojxona boshqarmasi mutaxassislari mayor N.Bakirov, kapitan  A.Isomitdinov, kafedra dotsenti A.Sarimsaqov, assistentlar M.Gofforov, A.Abdullayev, R.Sobirov, O.Raxmonovlar hamda “Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo’nalishi 3-bosqich talabalari ishtirok etdilar.

     O’tkazilgan amaliy mashg’ulotda avtomobillarni nazorat qilish, ularga tamg’a (plomba) bosish, xorijga jo’natish va xorijdan kelgan avtomobillarini qabul qilish, tranzit avtomobillarni nazorat qilish kabi  masalalar yuzasidan talabalarga  o’quv tushuntirish ishlari olib borildi. Mashg’ulot davomida “Bojxona nazorat zonasi” postida o’tkaziladigan ish joyidagi laboratoriya dars jarayonida talabalarda logistika  boshqaruv  fani bo’yicha amalda qilinadigan ishlar ketma-ketligi tushuntirildi.

     

     Kunning ikkinchi yarmida talabalar “Andijon –tola” logistik terminalida o’quv mashg’ulotlarini davom ettirdilar. Andijon – tola terminali boshliq muvouni Saydullaev To’lqinjon ishtirokida o’tkazilgan o’quv mashg’uloti davomida tola mahsulotini qabul qilish, omborda saqlash, mijozga  temir yo’l va avtomobil transportida yuborishda logistik bo’limni vazifalari xaqida   o’qish o’rganish laboratoriya darsi tashkil qilindi, tamg’a (plomba) bosib, xorijga jo’natish kabi masalalarni hal qilish bo’yicha ko’nikmalar berildi. O’quv mashg’ulotlari davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga  mutaxassislar  va professor-o’qituvchilardan  atroflicha javob oldilar.

 

 

Otabek Odilov

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi