Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Muhammad Yusuf – vatanga bo’lgan cheksiz muhabbatni xalqchil so’zlar bilan insonlar qalbiga joylay olgan buyuk shoir, qisqa umri davomida asrlarga tatigulik ijod qilib o’zi oramizda bo’masada so’zlari bilan mudom kelajak avlod ongiga vatanni, hayotni sevish kabi tuhunchalarni uqtirib kelayotgan ustozdir. Andijon farzandi hisoblangan buyuk shoirga yurtimizning har go’shasida ta’riflar bisyor. Xalqimizning suyukli farzandi O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.

     2019-yilning 26-aprel kuni Muhammad Yusuf tug’ilib o’sgan Marhamatning Qovunchi qishlog’i shoirning ijodini sevgan o’quvchi-yoshlar, xalqimizning suyukli shoirlari, san’at darg’alari bilan gavjum bo’ldi. Ular qatorida Andijon mashinasozlik instituti talabalari va professor o’qituvchilari ham institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ermatov boshchiligida ga tashrif buyurdilar. Shu kuni talabalar shoirning qabrini ziyorat qildilar hamda shoir ulg’aygan honadon va undagi uy muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi