Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Kelajak avlodning barkamol voyaga yetishi, mamalakatning ravnaqi bardavom ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya, ilm-fan sohasida amalga oshiralayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlarning chek-chegarasi yo’qligi insonni quvontiradi. Ana shunday amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar bilan o’sib kelayotgan yosh avlodni yaqindan tanishtirib borish, ularni ham kelajakda yurtimiz ravnaqi, mamlakatimiz rivoji yo’lida  o’z hissasini qo’sha oladigan kadr bo’lib yetishishlari uchun ko’prik vazifasini barajib beradi.

     Yuqoridagi fikrlarning amaliy isboti sifatida Andijon mashinasozlik institutida  2018-yilning 23-aprel kuni Andijon shahridagi 38-umumta’lim maktabi hamda 44-umumta’lim maktablarining 10-11 sinf o’quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” doirasida ekskursiya tashkil etildi.

     Ekskursiya davomida o’quvchilarga institutdagi barcha fakultet va yo’nalishlar, ularga qabul qilinish uchun talab qilinadigan fanlar, institutning moddiy texnik bazasi, institutda yaratilgan ma’naviy muhit, talabalarni bilim olishlari uchun yaratilgan barcha imkoniyatlar, so’ngi yillarda institut va chet mamalakat oliygohlari bilan hamkorlikda yo’lga qo’yilgan bir qator salmoqli ishlar haqida to’liq ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari eng so’ngi turdagi zamonaviy laborotoriya xonalarida institutning professor-o’qituvchilari tomonidan fizika va elektrotexnika bo’yicha amaliy mashg’ulotlar olib borildi. Bu mashg’ulotlar asosida esa o’quvchilarga, ilmiy tajribalarga guvoh bo’lish bilan birgalikda bevosita  jarayonda ishtirok etish imkoniyati taqdim etildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi