Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      O’tkazilgan seminarda Andijon mashinasozlik instituti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Akmaljon Ermatov, Andijon viloyat prokuraturasi bo’lim katta prokurori Mansurbek Usmonov, Andijon viloyat bandlik Bosh boshqarmasi bo’lim boshlig’i Mansurali Mahsudov, Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi katta inspektori Xusanboy Rahimov, Institut Kadrlar bo’limi boshlig’i Qaxramon Mirzaev, Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi katta inspektori Azizbek Appaqov “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, fakultet dekanlari va dekan muovinlari, 17 nafar professor-o’qituvchilar hamda 188 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

     Seminarni institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ermatov kirish so’zi bilan ochib, seminarda ishtirok etayotgan talablarga bugungi o’tkaziladigan tadbir mazmuni va mohiyatini chuqur anglab yetish uchun bor diqqatlarini jam qilgan holda qunt bilan mutaxassislar so’zlariga qaratishga chaqirib, so’z navbatini Andijon viloyat prokuraturasi bo’lim katta prokurori M.Usmonovga berdi.

     Seminarda Andijon viloyat prokuraturasi bo’lim katta prokurori M.Usmonov so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni haqida gapirib, bandlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda yangicha yondashuvlarni joriy etilayotganligi, shu jumladan, davlat va xususiy biznes o’rtasidagi hamkorlikka asoslangan holda mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish, ishsiz aholini, ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirishda samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo’naltirilayotganligi xususida to’htalib o’tdi.

     Shu bilan birga, bandlik sohasidagi mavjud muammolarni hal etishda haligacha eskirgan ish shakllari va uslublaridan foydalanila-yotganligi, mehnat bozoridagi haqiqiy vaziyatni buzib ko’rsatish hollari saqlanib qolayotganligi, muhim ijtimoiy masala hisoblangan oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar tahlimi muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishga yuzaki yondashuv holatlari uchrayotganligi to’g’risida fikr bildirib, bunday salbiy holatlarni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar xususida axborot berdi.

     Seminarda Andijon viloyat bandlik Bosh boshqarmasi bo’lim boshlig’i M.Mahmudov so’z olib, 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy tahlim muassasalarining birinchi marotaba ishga joylashgan bitiruvchilari, agar ular ta’lim muassasasini tamomlagan kundan boshlab uch yildan ortiq vaqt o’tmagan bo’lsa, ishga joylashganidan keyin birinchi yil davomida ish haqidan olinadigan daromadlari bo’yicha yagona ijtimoiy to’lovning o’rnatilgan stavkasini 50 foizga, ularning ikkinchi va uchinchi yil davridagi ish faoliyati bo’yicha 25 foizga kamaytirish belgilanganligi, bu imtiyoz byudjet tashkilotlari, monopolist tashkilotlar, ustav jamg’armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan tashkilotlarga ishga joylashtirilganlarga tatbiq qilinmasligi to’g’risida axborot berdi.

 

     Shuningdek, mazkur kiritilayotgan mehyor ish beruvchilarning oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishdan manfaatdorligini oshirish hamda imtiyozni qo’llash natijasida bo’shaydigan mablag’larning bir qismini bitiruvchilarning kasbiy malakasini oshirish bo’yicha tadbirlarga yo’naltirish imkonini berishi to’g’risida, shu bilan birga, bitiruvchilar bandligining doimiy monitoringini ta’minlash maqsadida bitiruvchilarga soliq to’lovchining individual raqamini majburiy tarzda berish ko’zda tutilgan. Bu o’z navbatida ijtimoiy sug’urta bo’yicha amalga oshirilgan to’lovlar asosida band bo’lmagan bitiruvchilarni aniqlash va ularni ish bilan ta’minlash borasidagi muammolarni tezkor hal etish imkonini berishi, shuningdek, aholini ishga joylashtirish sohasiga ilg’or jahon tajribasiga mos zamonaviy texnologiyalarni jalb etishni kengaytirish maqsadida, Farmonda 2019 yildan boshlab xodimlarning mehnat faoliyati davri, maxsus staji va davlat ijtimoiy sug’urtasiga to’lagan to’lovlar miqdori bo’yicha ishonchli ma’lumotni hamda xodimning kasbiy o’sishiga doir boshqa ma’lumotlarni o’z ichiga olgan «elektron mehnat daftari» tizimini bosqichma-bosqich joriy etish ko’zda tutilganligi haqida to’htaldi.

     Shundan so’ng so’z Andijon shahar ichki ishlar boshqarmasi katta inspektori X.Rahimovga berildi.

     X.Rahimov o’z so’zida aholi bandligini ta’minlash, xususan yoshlarning huquq va erkinliklari himoya qilish, ularning jamiyatda munosib o’rin egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligi to’g’risida fikr bildirib, yoshlar o’rtasida odam savdosi jinoyati qurboniga aylanayotganligi, yoshlarni ushbu jinoyat qurboniga aylanib qolmasliklari uchun va mamlakatimizda odam savdosi jinoyatini oldini olish va unga qarshi kurashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi haqida gapirib, O’zbekiston Respublikasining «Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida»gi qonuni bu yo’nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilayotganligi to’g’risida to’htalib o’tdi.

     Bu illatdan, ayniqsa, yoshlarni ogoh etish, odam savdosidek global muammodan ularni asrash, ularga mehnat huquqini, xorijga borib ishlash qoidalarini tushuntirish borasida soha mutaxassislari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi,  O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamkorligida viloyatimizning oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida tushuntirish-targ’ibot tadbirlarini muntazam o’tkazib borish to’g’risida o’z tavsiyalarini berdi.

 

 

     Seminar ishida institut Kadrlar bo’limi boshlig’i Q.Mirzaev so’zga chiqib, Bugungi kunda aholi, xususan, mehnatga layoqatli fuqarolar sonining salmog’i oshib borishi qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va uni oshirishning o’ziga xos yangi shakllarini topishni taqozo qilshini, shuning uchun ham ko’p yillardan buyon mehnat bozoridagi bandlik muammolarini yechish, hal etish va butunlay bartaraf etish jahon davlatlari oldidagi asosiy vazifa etib belgilanganligi to’g’risida gapirdi.

     Q.Mirzaev seminar ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Bugunning o’zida har bir bitiruvchini aniq bir tashkilotga biriktirishni ta’minlash bilan birga, uning bo’lajak ish joyi, ish haqi va ijtimoiy sharoitlarini aniq belgilash zarur. Bularning barchasini huquqiy hujjatlar bilan mustahkamlash va eng asosiysi, xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarining nafaqat majburiyatini, balki shaxsiy mas’uliyatini ham belgilash zarur. Faqat shunday yo’l bilan biz davlatning o’quvchilar va ularning ota-onalari oldidagi majburiyatini bajarishimiz mumkin. Xuddi shunday amaliyotni respublika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bo’yicha ham ishlab chiqish va joriy etish darkor” degan g’oyasini ilgari surib, bu borada mamlakatimizda yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan bir qator ishlarni ko’lamini yanada kengaytirilayotganligi hamda zaruriy choralar qo’llanilayotganligi xususida qisqacha to’htalib o’tdi.

 

 

     Seminar ishi davomida so’z yuritilgan masalalar yuzasidan talabalarni qiziqtirgan savollariga seminarga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

 

     Seminar so’ngida institut Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ermatov bugungi seminarni o’tkazishda yaqindan ko’mak bergan seminar mehmonlariga tashriflari uchun chuqur minnatdorchilik izhor etdi. Talabalarga esa seminar ishida ko’tarilgan masalalardan xulosa chiqarib, shu vatan uchun kerakli, uni gullab yashnashi uchun sadoqat bilan xizmat qiladigan kadr bo’lib yetishishlariga tilakdosh ekanligini aytib o’tdi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi