Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Prezidentimizning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusini qo’llab quvvatlash bo’yicha viloyatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida bir qator amaliy ishlar bajarilib kelinmoqda. Ayniqsa Andijon shahrining diqqatga sazovor maskanlarida san’at kechalarini tashkil etish va bu orqali yoshlar orasidan iste’dodlarni kashf etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlar orasida ushbu tashabbuslarni keng targ’ib qilish bo’yicha Andijon mashinasozlik institutida ham tizimli ishlarni yo’lga qo’yilmoqda.

     2019-yilning 20-aprel kuni institutning Avtomatika va elektrotexnika fakultetida guruh murabbiyi lavozimida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar ishtirokida 5 ta muhim tashabbusni talabalar orasida keng targ’ib qilish bo’yicha bajarilishi zarur bo’lgan ishlar yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.

     Unda institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ermatov, institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, fakultetning dekan o’rinbosarlari hamda guruh murabbiylari ishtirok etdilar.

     Yig’ilish davomida Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Ermatov Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni eng avvalo guruh miqyosida keng targ’ib qilish, talabalarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tishini nazoratga olish, ularni xohish va istaklarini chuqur o’rganishda eng avvalo guruh murabbiylarining o’rni katta ahamiyatga ega ekanligini aytib o’tdi. Qolaversa guruhdagi har bir talabaning kunlik mashg’ulotlarini samarali yo’lga qo’yish, ularni ma’naviy saviyasi, kiyinish ma’daniyatini oliy ta’lim dargohiga mos ravishda shakllanishi borasida bir qator vazifalarni sidqi dildan bajarish, eng muhimi ushbu masalalarga mas’uliyat bilan yondoshishda guruh murabbiyi sifatida eng avvalo guruhdagi har bir talabani o’z farzandidek ko’rish bilan ko’zlangan maqsadga erishish  mumkinligini alohida ta’kidlab o’tdi.

     Yig’ilish so’ngida guruh murabbiylarining taklif va mavjud muammolari eshitildi. Mazkur masalalar yechimi bo’yicha ham atroflicha topshiriqlar berildi.