Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston   Respublikasi  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4-martdagi 02/01-01-45-sonli xati ijrosini ta’minlash to’g’risidagi Andijon mashinasozlik institutining 2019 yil 2 apreldagi 260-sonli buyrug’ida belgilab berilgan topshiriqlarni bajarish maqsadida “Axborot texnologiyalari” kafedrasi tomonidan institut miqyosida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan talabalar o’rtasida Respublika fan olimpiadasining I-saralash bosqichi o’tkazildi.

Bu turda qatnashgan talabalarga ASM dasturlash bo’yicha o’zbek va rus tillaridagi variantlarda berilgan masalalarning yechimini topish uchun dastur kodlarini yozishlari topshirildi. Olimpiadaning I-bosqichi turida institutning “Avtomatika va elektrotexnika”  fakultetidan 10 nafar, “Mashinasozlik texnologiyasi” fakultetidan 9 nafar, “Avtomobilsozlik” fakultetidan 4 nafar talabalar qatnashdilar.

Qatnashchilarga berilgan masalalarni yechish uchun 90 minut vaqt berildi. Bu vaqt davomida talabalar o’zlariga berilgan masalalarni yechish uchun dastur kodlarini yozma ravishda bayon etdilar.

Musobaqa  yakunlariga  ko’ra  quyidagi natijalar aniqlandi.

1-o’rin – 3-kurs “TJICHAB” yo’nalishi 222-16 guruhi talabasi Mamajonov Bekzod;

2-o’rin – 3-kurs “TJICHAB” yo’nalishi 221-16 guruhi talabasi Abduxalilov Mirzohid, 1-kurs “AT” yo’nalishi 286-18 guruhi talabasi Salomov Davlatmirzo,

3-o’rin – 1-kurs “TMJ” yo’nalishi 282-18 guruhi talabasi Qosimov Bobur, 2-kurs “TJICHAB” yo’nalishi 263-17 guruhi talabasi Odilov Islom, 2-kurs “TJICHAB” yo’nalishi 264-17 guruhi talabasi Ergashev Farxodlarga nasib etdi.