Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Oliy o’quv yurtlarining kirish imtihonlariga ham sanoqli oylar qoldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil  26-sentyabrdagi PQ-3290 sonli “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qarorida belgilangan vazifalarini o’z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida 2019 yil 23-aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti bilan hamkorlikda akademik litseyda bitiruvchi o’quvchilar uchun fizika, matematika, tarix, ona-tili va adabiyoti fanlaridan test sinovlari o’tkazildi. O’tkazilgan ushbu test sinovlarida jami 240 nafar o’quvchilar ishtirok etdi.

O`tkazilgan test sinovlarida nafaqat berilgan savollarga javob topish, balki javoblar varaqasini benuqson to’ldirish bo’yicha ham tushunchaga ega bo’ldilar.

Shuningdek, tashrif davomida institut o`quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov, O’quv-metodika bo’limi boshlig’i M.Jo’raxonov, Axborot texnologiyalari markazi boshlig’i G.Parpiyev va Axborot tizimlari bo’limi boshlig’i K.Ataxonovlar akademik litseyining o’quv laboratoriyalari, kompyuter sinflari va Axborot resurs markazi kitob fondi va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.