Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev xuzurida 2018 yil 28 oktyabr kuni oliy ta’lim sohalarini yanada rivojlantirish masalariga bag’ishlab o’tkazilgan majlis bayonining 5 bandi 1 qismi ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti “Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi kafedrasi Rossiya Federatsiyasi Janubiy-Ural davlat universiteti bilan erishilgan kelishuvlar asosida ularning professor-o’qituvchilari tomonidan Andijon mashinasozlik instituti institut talabalari uchun “onlayn” tizimda 2019 yil 21 aprel kuni rejalashtirilgan “Pedagogika. Psixologiya” fanidan “Bilish jarayonlari psixologiyasi” mavzusida ma’ruza mashg’uloti o’tkazildi.

Ma’ruza mashg’ulotini Rossiya Federatsiyasi Janubiy-Ural davlat universiteti «Umumiy psixologiya, psixodiagnostika va psixologik konsultatsiyalar” kafedrasi dotsenti psixol.f.n. Nalivayko Tatyana Viktorovna tomonidan olib borildi. Tinglovchilar – Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti 3 kurs “Iqtisodiyot” yo’nalishi talabalari, ma’ruzani diqqat bilan tingladilar xamda mavzuga doir dolzarb savolarga mazmunli javoblarni oldilar. Ular inson o’z fikrini bayon etishi, boshqalarni tushunishida tafakkur muhim ahamiyat kasb etishini o’rgandilar xamda mustaqil fikrlash – talaba-yoshlarda atrof-borliq to’g’risida xolis va ob’ektiv tasavvurlarning shakllanishi uchun psixologik shart-sharoit  bo’lib, yoshlarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish va erkin fikrlashni tarbiyalash muhimligi xaqida batafsil ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Dars qizg’in baxs munozara asosida olib borildi.