Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 22-aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosida an’anaviy ertalabki saf tortish yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi.

     Yig’ilishda institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ermatov, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, institutning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i M.Yusupova, institut Boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupova, fakultet dekanlari M.Eshonov, T.Turg’unov, kafedra mudirlari S.Abduraxmonov, G.Umarova  dekan o’rinbosarlari, faxriy ustozlar, kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

     Yig’ilish davomida M.Xaliqova yangi o’quv haftasi boshlanganligi munosabati bilan barcha talabalarga o’qishlarida muvafaqqiyatlar tilab, yangi o’quv haftasi davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi bo’yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlar bilan tanishtirib o’tdi va barcha talabalar va professor-o’qituvchilarni ushbu tadbirlarda faol bo’lishga undadi.

     Yig’ilish davomida institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ermatov so’z olib, hozirgi kunda institutning respublikadagi Oliy ta’lim muassasalari orasidagi tutgan o’rni yuqori darajaga ko’tarilib borayotganini, o’tgan hafta davomida Respublika va xalqaro miqyosda amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar misolida keltirib o’tdi. Professor-o’qituvchilar hamda talabalarga mana shunday salmoqni bir maromda ushlab turish va yuksaltirib borishda barcha birdek mehnat qilishi eng muhim omillardan biri ekanligini alohida ta’kidlab o’tdi.